14 jan 13:17
Yangiliklar
Futbol
Jud Bellingem OAVni keskin tanqid qildi
"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem dushanba kuni ishdan bo'shatilgan sobiq bosh murabbiy Xabi Alonsoga nisbatan o'zini qo'llab-quvvatlamagan o'yinchilar orasida bo'lgani haqidagi mish-mishlarnga munosabat bildirdi.
"SHu paytgacha ko'plab bunday nashrlarga ko'z yumib keldim, haqiqat o'zi oydinlashib ketadi deb umid qilgandim. Lekin rostdan ham… Qanday bemanilik. Rostdan ham bu klounlar va ularning "manbalari"ning har bir so'ziga ilinib o'tirgan odamlarga achinaman. Hamma o'qiganingizga ishonmang, bazan bu odamlarni bahs-munozara qo'zg'atish uchun shunday zararli va xato malumotlar tarqatgani uchun javobgarlikka tortish kerak", — deb yozib qoldirgan Bellingem.
Xabi Alonso ishdan bo'shatilganidan so'ng "Real"ning yangi bosh murabbiyi etib Alvaro Arbeloa tayinlandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar