01 may 09:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Junior dos Santos bir jang uchun yarim og'ir vaznga o'tmoqchi
Og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Junior dos Santos yarim og'ir vazn toifasiga o'tish istagida ekanligini malum qildi.
Braziliyalik sportchi UFC chempioni Jon Jonsga qarshi oktagonga chiqmoqchi.
"Menga yangi vaznga tushish oson bo'lmaydi. Lekin menga chempionlik jangi berishsa, bu ishni bajonidil amalga oshirgan bo'lardim. Men uchun Jon Jons bilan jang o'tkazish juda ham qiziq tuyulyapti. Bu mening ayni paytdagi eng oliy orzuim desa ham bo'ladi. SHifokorim bilan bu masalani maslahat qilib ko'raman", - deya Santosning so'zlarini keltirmoqda BJ Penn.
Havola :
Fikrlar