31 mar 15:38
Yangiliklar

Jurnalist Xabibga AQSHga uchish variantini taklif qilgandi. SHu sabab unga tahdid qilishdi
Birinchi taklif. 2018 yilda Rossiya Federaciyasi prezidenti Vladimir Putin o'z raqamini berib, istalgan vaziyatda qo'ng'iroq qilishini aytgandi.
"Hozir ushbu raqam ishlaydimi yoki yo'qmi, tekshirib ko'rsa bo'ladi. Agar albatta 18 aprel kuni Xabibda jang qilish istagi bo'lsa".
Ikkinchi taklif esa boshqacharoq. Jurnalist "Aeroflot"ga qo'ng'iroq qilib, Nyu-Yorkka reyslar bor-yo'qligini aniqlashtirgan. Parvozlar seshanba, chorshanba va payshanbaga mo'ljallangan. Narxlar 17 mingdan - 228 ming rublgacha. Telefon orqali ushbu reyslar haqiqatdan ham amalga oshirilayotgani tasdiqlandi.
"Yana bir tomoni g'alati. Xabib 19 yoki 20 mart kuni Abu-Dabiga uchgani haqida gapirdi. Lekin, 19 martdan boshlab Abu-Dabiga xorijiy fuqarolarni kirishiga taqiq qo'yilishi haqida 17 mart kuni elon berilgandi", - deb qo'shimcha qilgan Aleksandr.
Bunga javoban jurnalistga Xabibning yaqinlaridan biri tahdid bilan audioyozuv jo'natgan.
"Sen adashib qolmadingmi, cho'chqa? Sen huddi Xabib jang qilishni istamayotgandek malumot tarqatyapsan. O'ylaysanki, seni nogironga aylantirib qo'yish imkoniyati yo'qmi? *** *** ***. Mendan hafa bo'lma", - deya haqoratli va tahdidli audio kelgan.
Lyutikovning malum qilishicha, avvalroq ushbu raqam ostidagi odam o'zini Xabibning aka-ukalaridan biri sifatida tanishtirgan.
Fikrlar
Qurqyapti Habib