17 iyu 10:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Kamaru Usman orzusidagi jangni malum qildi
Yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioni Kamaru Usman sobiq chempion Jorj Sent-Perga qarshi jang orzusidagi bahs ekanligini malum qildi.
“Orzuimdagi jang UFC afsonasi Jorj Sent-Perga qarshi bahsdir. Har ikkimizda ham bir xil rekord. U - afsona. Uni UFC tarixdagi eng kuchli sportchilardan biri deb hisoblayman. Agar Jorj yana ishga kirishishni istasa, unga qarshi jang qilgan bo'lardim”,-dedi Kamaru.
Eslatib o'tamiz, Usman so'nggi jangini UFC 251 kechasida Xorxe Masvidalga qarshi o'tkazib, ochkolar bo'yicha g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar