29 jan 19:10
Yangiliklar
Qishki sport turlari
Kamila Valievaning Olimpiadadagi oltin medali olib qo'yiladi, undan doping topildi
Figurali uchish bo'yicha rossiyalik Olimpiada chempioni Kamila Valieva doping sabab to'rt yilga diskvalifikaciya qilindi.
Uning 2022 yilda Pekin Olimpiadasida topshirgan doping testidan taqiqlangan trimetazidin moddasi topilgan.
SHu tariqa, uning Pekin Olimpiadasida jamoaviy bahslarda qo'lga kiritgan oltin medali olib qo'yiladi. Rossiya terma jamoasi safidagi boshqa sportchilar borasidagi yakuniy qarorni XOQ qabul qiladi.
Eslatib o'tamiz, Kamila Valieva 2022 yilgi Qishki Olimpiadada jamoaviy bahslarda oltin medalni qo'lga kiritgandi. Yakkalikda esa u to'rtinchi o'rin bilan kifoyalangan.
Havola :
Manba : t.me/pervsport
Fikrlar