So’nggi yangiliklar

20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0

12 noy 10:35
Yangiliklar

Boks/MMA

Kamoliddin Mutalov: Ayollar boksida kelajak uchun poydevor qo'yilmoqda

Mo'g'uliston poytaxtida boks bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.

Avvalroq, terma jamoamiz katta murabbiyi Hamid Tangribergenovning musobaqa oldidan fikrlarini etiboringizga havola qilgandik. O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati bugun qizlar terma jamoasi murabbiyi Kamoliddin Mutalovning fikrlarini taqdim etadi. 

"Osiyo chempionati qurasi biz uchun omadli keldi deya olaman. CHunki, qizlarimiz bittadan jang o'tkazib, g'alaba qozonishsa yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishadi. Bu - medal bor degani. Biz bu bilan to'xtab qolmaymiz va yuqori marralarni ko'zlaymiz. Xudo xohlasa bu chempionatdan medalsiz qaytmaymiz. O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni oladi degan umiddaman. 

Hozircha -64 kg vaznli bokschi qizimiz Dilfuza Bekovada medal naqd. U quraga ko'ra, to'g'ridan-to'g'ri yarim finalda ishtirok etadigan bo'ldi. Ammo, men buni medal deb hisoblamayman. Medal g'alaba orqali qo'lga kiritilishi lozim. Bu vaziyatda ushbu medal - qog'ozdagi medal. U g'alaba orqali keyingi bosqichlarga chiqishi kerak. Qizlarimizga omad tilayman, ular jismoniy va ruxiy tomonlama musobaqaga tayyor. 

Yigitlarimiz bizni g'alabalarga o'rgatib qo'yishdi. O'zbek bokschilari jahonda birinchi. Qizlarimiz ham shunday saviyaga chiqib olishlari kerak. 

Bungacha O'zbekistonda asosan erkaklar boksiga etibor qaratib kelingan. Yaqin vaqtlardan boshlab mamlakatimizda ayollar boksiga ham etibor berila boshlandi. O'ylaymanki, hozirgi yosh bokschi qizlarimiz avvalgi avlodga nisbatan texnik tomonlama ustunlar. Hozirda qizlarimiz o'smir qizlar o'rtasida ham, yoshlar o'rtasidagi bahslarda ham toblanishmoqda. Bu albatta vaqti kelib o'z mevasini beradi. Hozirda 17-18 yoshli qizlar vaqti kelib kattalar toifasida jang qila boshlashsa, ulardan ko'p narsa kutishimiz mumkin.

Bir oy oldin O'zbekiston ayollar terma jamoasi azolari bilan birga Ulan-Udedagi jahon chempionatida ishtirok etdim. Avvallari bokschi qizlarimiz ilk janglardayoq mag'lubiyatga uchrab, musobaqani tark etishardi. Bu safar garchi medal qo'lga kirita olmagan bo'lsakda, g'alabali janglarimiz bo'ldi. Natija o'z-o'zidan kelib qolmaydi. Hozirda kelajak uchun poydevor qo'yilmoqda", - dedi Kamoliddin Mutalov.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati (Ulan-Bator shahridan)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing