So’nggi yangiliklar

10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0

05 dek 11:57
Yangiliklar

Kamondan otish

Kamondan otish terma jamoasiga xorijiy murabbiylar jalb etiladi

Teglar :  MOQKamondan otish
MOQ rahbariyati poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo'ldi.

Mutasaddilar bu erda joylashgan O'zbekiston kamondan otish federaciyasining bazasida bo'lib, terma jamoamizning yangi Olimpiya sikliga tayyorgarlik rejasi bilan tanishdi.

Federaciya masullari o'z taqdimotlarida so'nggi yillarda kamondan otish sportini rivojlantirish yo'lida amalga oshirilgan ishlar xususida to'xtalib o'tishdi. 

Xususan, Sport vazirligi, MOQ va Milliy gvardiya qo'mondonligining yordami bilan ushbu sport ommaviyligi yoshlarimiz orasida sezilarli darajada oshgani, hududlarda kamondan otish bilan shug'ullanuvchilar soni ortib borayotgani haqida malumot berishdi. SHubhasiz, bunday o'sish yangi Olimpiya siklidagi asosiy yo'nalishlardan biri – selekciya ishlarida juda muhim hisoblanadi.

MOQ rasmiylari taqdimot haqida xulosa bildirishar ekan, terma jamoaga xorijiy mutaxassislarni jalb etish, ushbu sport rivojlangan terma jamoalar bilan o'quv-mashg'ulot yig'inlarini ko'proq tashkil etish kabi tavsiyalarni berib o'tishdi.

Qayd etish joiz, kamonchilarimiz Parij-2024 Olimpiadasida debyut qilishdi. Kelgusida ular jamoaviy yo'nalishda ham Olimpiada licenziyalarini qo'lga kiritishni maqsad qilishgan.

Kun yakunida Prezident qarori loyihasi uchun velosport va kamondan otish kabi murakkab texnik sport turlarini yanada rivojlantirish bo'yicha takliflar belgilab olindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing