06 jan 10:41
Yangiliklar
Kanadada jahon chempionati yakunlandi. Medallar qaysi jamoalarga nasib etdi?
Dastlab "Rogers Place" muz saroyida Rossiya va Finlyandiya terma jamoalari o'rtasidagi bronza medali uchun uchrashuv bo'lib o'tdi. So'nggi daqiqada kiritilgan ikkita shayba evaziga finlar 4:1 hisobida zafar quchib, jahon chempionatining bronza medalini qo'lga kiritishdi. Ruslar o'z tarixlarida ilk bor bronza uchun o'yinni boy berishdi.
SHundan so'ng AQSH va mezbon Kanada terma jamoalari o'rtasidagi final uchrashuviga navbat berildi. Oltmish daqiqadan ikkitagina shayba kiritilgan o'yinda biroz kutilmagan natija qayd etildi - Kanada - AQSH - 0:2! Amerikalik xokkeychilar o'z tarixlarida beshinchi bor yoshlar o'rtasida jahon chempioniga aylanishdi.
BRONZA UCHUN O'YIN
Finlyandiya U-20 – Rossiya U-20 – 4:1 (0:1, 1:0, 3:0)
«Rogers Place» arena
0:1 – 6 Safonov (Groshev)
1:1 – 25 Lundell (Myantyukivi, Niemelya)
2:1 – 41 Petman (Xelenius, Viro)
3:1 – 58 Lundell
4:1 – 59 Pyarssinen (Pyuyuxtiya)
Darvozabonlar: Piiroynen 28/29 – Askarov 28/30.
FINAL
Kanada (U-20) – AQSH (U-20) – 0:2 (0:1, 0:1, 0:0)
«Rogers Place» arena
0:1 – 13 Tyurkott (Zegras, Xelleson)
0:2 – 21 Zegras (Kaliev)
Darvozabonlar: Levi 19/21 – Nayt 34/34.
Fikrlar