So’nggi yangiliklar

19:58Никита Белозерцев Анқара Челленжерининг асосий тўрига йўл олди 0 19:27Лапорта: “Бу йил "Барселона" йили бўлиши керак” 0 18:56Жон Жонс октагонга қайтиш имкониятини инкор этмади 0 18:25Умар Нурмагомедов Абу-Дабидаги ҳодисага илк бор изоҳ берди 0 17:54Баҳодир Жалолов америкалик собиқ рақиби Ричард Торрес билан учрашди (ФОТО) 0 17:23Шон О’Мэллининг RAF лигасидаги дебют жанги белгиланди 0 16:52Почеттино "Манчестер Юнайтед"нинг 100 йиллик антирекордини такрорлади 0 16:21Нодирбек Абдусатторов: "Натижа қандай бўлмасин, партияга келиб ўйнаш керак!" 0 15:50Формула-1. Макс Ферстаппен — Лас-Вегас Гран-приси ғолиби! 0 15:19Швеция россиялик спортчиларга виза бермайди 0 14:48Диего Симеоне Ла Лигада Луис Арагонеснинг тарихий мураббийлик рекордини янгилади 0 14:17Қозоғистон билан бирга Ҳиндистон ҳам UFC турнирига илк бор мезбонлик қилиши мумкин 0 13:46Ўзбекистон елканли спорт федерацияси World Sailing’нинг тўлақонли аъзосига айланди 0 13:13Асу Алмабаев мағлубиятдан кейин: "Ғолиб бўлдим, деб ўйлагандим" 0 12:42U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун ўсмирларимиз Ямайкага қарши баҳс олиб боради 0

06 sen 08:34
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Kanvon-2024 qishki o'smirlar Olimpiya o'yinlarining Tashkiliy qo'mitasi tuzildi

Teglar :  Kanvon-2024
Kanvon-2024 qishki o'smirlar Olimpiya o'yinlari Tashkiliy qo'mitasi (GYOGOC) Janubiy Koreyaning poytaxti – Seulda o'zining birinchi majlisini o'tkazdi. Unda mazkur Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish masalalari muhokama etildi.

GYOGOC Koreya Respublikasi hukumati, Kanvondo provinciyasi mamurlari, mamlakatning sport va Olimpiya qo'mitalari bilan hamkorlik o'rnatadi. Tashkilot o'z zimmasiga Kanvon-2024 qishki o'smirlar Olimpiya o'yinlarini moliyalashtirish, rejalashtirish va o'tkazish masuliyatini oladi.

O'smirlar Olimpiya o'yinlari 15-18 yoshdagi istedodli sportchilarni birlashtirgan holda o'zida noyob sport bayrami, maqsadli sport festivali va innovaciyalar o'chog'ini mujassamlashtirgan. Uning ishtirokchilari o'zlarining sport mahoratlarini oshirish bilan birga Olimpiya qadriyatlarini hayotga tadbiq etish va tajribalarini jahondagi tengdoshlari bilan baham ko'rishga davat etadi.

I qishki o'smirlar Olimpiya o'yinlari 2012 yil Insburkda o'tkazilgan edi. O'shandan beri ushbu musobaqa har to'rt yilda o'tkazib kelinmoqda. Janubiy Koreyaning Kangvondo provinciyasi IV qishki o'smirlar Olimpiya o'yinlarining mezboni sifatida Xalqaro Olimpiya qo'mitasining 2020 yil 10 yanvarida SHveycariyaning Lozanna shahrida bo'lib o'tgan 135-sessiyasida saylangan edi.

Kanvon-2024 qishki o'smirlar Olimpiya o'yinlarida 2018 yilda ushbu mamlakatning Pxyonchxan shahrida bo'lib o'tgan qishki Olimpiya o'yinlarining ko'pgina sport obektlaridan foydalanish mo'ljallanmoqda. Bu yosh sportchilarga jahon andozalariga javob beradigan inshoatlarda musobaqalashiish va boy tajriba orttirish imkonini beradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing