13 fev 18:39
Yangiliklar
Kapello Jahon chempionati arafasida Tuxelni ogohlantirdi
Biroq "uch sherlar"ning sobiq murabbiyi Fabio Kapello hozircha xursandchilik uchun asos ko'rmayapti. Italiyalik mutaxassis o'zining vorisiga futbolchilar kuzda mavsum oxiridagi kabi charchamasligini eslatib, ogohlantirish berdi.
"Tuxel milliy jamoani futbolchilarni holdan toydirmasdan Jahon chempionatiga olib chiqdi. Men aniq bilamanki, Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lgan paytimda sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida dunyoning eng kuchli jamoalariga qarshi hech qanday muammosiz o'ynay olardik.
Ammo mart va aprel oylariga kelib futbolchilarda charchoq alomatlari paydo bo'la boshlaydi, iyunga borib esa ular doim juda charchab qoladi. CHunki Angliya ligasi jismoniy jihatdan juda talabchan. Ispaniya yoki Italiyadagidek matbuot bosimi kuchli emas, lekin Angliyadagi charchoq — bu sof jismoniy charchoq", – dedi Kapello.

Avvalroq Tomas Tuxel Angliya terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirgan edi.
Fikrlar