12 jan 19:02
Yangiliklar
Tennis
Karen Xachanov Adelaidadagi turnirni g'alaba bilan boshladi
SHu kunlarda Avstraliyaning Adelaida shahrida Adelaide International 2 turniri bo'lib o'tmoqda
Jahonning 30-raketkasi rossiyalik Karen Xachanov turnirning ikkinchi davrasida ATR reytingida 63-pog'onani egallab turgan italiyalik Janluka Magerni 7/5, 6/3 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuv 1 soatu 10 daqiqa davom etdi. O'zaro uchrashuvlarda hisob rossiyalik tennischi foydasiga 2:0 ko'rinishiga keldi.
Xachanovning Adelaide International musobaqasidagi navbatdagi raqibi franciyalik Artur Rinderknex bo'ladi.
Havola :
Manba : Gotennis.ru
Fikrlar