14 iyu 07:01
Yangiliklar
Tennis

Xertogenbos (ATP). Karen Xachanov 55-raketkaga yutqazib qo'ydi
Niderlandiyaning Xertogenbos shahrida maysa qoplamali ATP 250 toifasiga kiruvchi turniri bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning 24-raketkasi Karen Xachanov musobaqadagi ishtirokini chorak finalda to'xtatishga majbur bo'ldi. Rossiyalik tennischi kutilmaganda ATP reytingida 55-o'rinni egallab turgan kanadalik Gabriel Dialloga 6/7(6), 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Diallo tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida ilk bor g'alaba qozondi. Bundan avvalgi uchta bahsning barida Karenning qo'li baland kelgandi. Bir soatu 53 daqiqa davom etgan uchrashuvda Xachanov 7, Diallo 19 ta eys zarbasini amalga oshirishga muvaffaq bo'lgan. Endi kanadalik tennischi final chiptasi uchun franciyalik Ugo Umberga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar