12 may 15:02
Yangiliklar
Tennis

Rim "Masters". Karlos Alkaraz to'rtinchi davraga chiqdi
Dunyoning uchinchi raketkasi tennis bo'yicha Rim "Masters" turniri to'rtinchi bosqich ishtirokchisiga aylandi.
Karlos Alkaraz uchinchi davra bahsida ATP reytingida 64-pog'onadan joy olgan serbiyalik Laslo Dereni 7/6(2), 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan uchinchi uchrashuvi edi - 3:0.
Bir yuz uch daqiqa davom etgan uchrashuvda ikkala tennischi ham bittadan eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha ustunlik Alkaraz tomonida bo'ldi - 4 ga 2. Endi ispaniyalik tennischi chorak final chiptasi uchun rossiyalik Karen Xachanovga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar