19 iyu 18:22
Yangiliklar
Tennis
Karen Xachanov ikkita matchboldan chiqib ketdi
Germaniyaning Gamburg shahrida tennis bo'yicha ATP turniri davom etmoqda.
Dunyoning 26-raketkasi bo'lib turgan Karen Xachanov musobaqa startida qiyin g'alabani qo'lga kiritdi. Rossiyalik tennischi ATP reytingida 126-pog'onadan joy olgan germaniyalik Yan-Lennard SHtruffani 3/6, 6/3, 7/6(2) hisobida taslim etdi.
Xachanovning hal qiluvchi uchinchi setda ikkita matchboldan chiqib ketganligi etiborga molik holat. Ikki soatu 18 daqiqa davom etgan bahsda Karen 11, SHtruff esa 7 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob rossiyalik foydasiga bo'lib turibdi - 4:2.
Endi Karen Hamburg European Open turnirining ikkinchi davrasida yoki italiyalik Fabio yo sloveniyalik Alyaj Bedenega qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar