28 iyu 18:41
Yangiliklar
Tennis
Karen Xachanov Olimpiada 1/4 finaliga yo'l oldi
Yana bir rossiyalik raketka ustasi Tokio-2020 Olimpiadasida medallari uchun kurashni davom ettirish huquqini qo'lga kiritdi.
ATP reytingining 25-pog'onasidan joy olgan Karen Xachanov dunyoning 13-raketkasi bo'lib turgan argentinalik Diego SHvarcmanni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 2/6, 6/1.
121 daqiqa davom etgan bahsda 25 yoshli Karen 13 ta, 28 yoshli Diego esa 1 ta eys zarbani amalga oshirdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 2:2. Endi Xachanov chorak finalda franciyalik Ugo Umberga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar