19 may 10:33
Yangiliklar
Tennis
Karen Xachanov uchun Lion turniri yakunlandi
Franciyaning Lion shahrida tennis bo'yicha nufuzli ATP turniri davom etmoqda.
Dunyoning 24-raketkasi Karen Xachanov musobaqaning ikkinchi davrasidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Rossiyalik tennischi 92 daqiqa davom etgan bahsda ATP reytingida 47-pog'onadan joy olib turgan slovakiyalik Aleks Molchanga 2/6, 6/7(4) hisobida yutqazib qo'ydi.
Uchrashuv davomida 26 yoshli Xachanov 6 ta, 24 yoshli Molchan esa 5 ta eys zarbasini ijro etgan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk bahsi edi. Endi Aleks Lion turnirining chorak finalida argentinalik Federiko Koriyaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar