02 okt 15:25
Yangiliklar
Tennis
Karlos Alkaraz Pekin turnirining ikkinchi finalchisi
Dunyoning uchinchi raketkasi Karlos Alkaraz Pekinda davom etayotgan musobaqaning finaliga yo'l oldi.
Ispaniyalik tennischi 1/2 finalda reytingda o'zidan ikki pog'ona quyida borayotgan rossiyalik Daniil Medvedevni 7/5, 6/3 hisobida taslim etdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Karlos katta farq bilan oldinda bormoqda.
Sakson olti daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 3 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Alkaraz faoliyatidagi 22-marotaba finalda o'ynaydi. Endi u China Open bosh sovrini uchun musobaqaning amaldagi g'olibi, dunyoning birinchi raketkasi italiyalik Yannik Sinnerga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar