20 apr 17:13
Yangiliklar
Tennis
Karolin Garsiya Ruanda bosh sovrin uchun davogar
Franciyaning Ruan shahrida tennis bo'yicha grunt qoplamali WTA turniri bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning 23-raketkasi Karolin Garsiya musobaqa bosh sovrinini o'z vatanida olib qolish uchun harakat qilyapti. Franciyalik tennischi 1/4 finalda WTA reytingida 162-pog'onada borayotgan ruminiyalik Elena-Gabriela Ruzeni mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/4.
Tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvida ham Karolin zafar quchdi. To'qson daqiqa davom etgan bahsda Garsiya 8, Ruze 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Elenada ko'proq bo'ldi - 3 ga 1. Endi Garsiya final chiptasi uchun amerikalik Sloan Stivensga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar