19 may 22:36
Yangiliklar
Tennis
Karolina Plishkova Rimda tengsiz bo'ldi
Dunyoning ettinchi raqamli tennis malikasi Karolina Plishkova Italiyaning Rim shahrida yakunlangan “Premer” toifasiga kiruvchi turnir g'olibasiga aylandi.
CHexiyalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida 42-o'rinni egallab turgan britaniyalik Yoxanna Kontaga qarshi kortga chiqdi. Karolina 1 soatu 25 daqiqa davom etgan bahsda 6:3, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Ikki tennischining o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yanada yiriklashdi - 6:1! CHexiyalik tennischi mavsumdagi ikkinchi, faoliyatidagi 13-sovrinni qo'lga kiritdi. Internazionali BNL d'Italia turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok esa Plishkovaga 523 858 evro hamda 900 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar