24 may 18:51
Yangiliklar
Tennis
Kasper Ruud Jenevadagi turnirda 1/2 finalga yo'l oldi
SHveycariyaning Jeneva shahrida tennis bo'yicha ATP turniri davom etmoqda.
Dunyoning ettinchi raketkasi Kasper Ruud musobaqaning yarim final ishtirokchisiga aylandi. Norvegiyalik tennis ustasi 1/4 firal uchrashuvida ATP reytingida 20-o'rinni egallab turgan argentinalik Sebastyan Baesni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 3/6, 6/4.
Bu tennischilar o'rtasidagi uchinchi uchrashuvi edi - 3:0. Ikki soatu 4 daqiqa davom etgan bahsda Ruud 3, Baes 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha ustunlik ham Kasper tomonida bo'ldi - 4 ga 3! Endi Ruud final chiptasi uchun italiyalik Flavio Kobolliga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar