02 iyu 16:58
Yangiliklar
Boks/MMA, Tennis
Kasper Ruud "Rolan Garros" 1/8 finaliga yo'l oldi
Dunyoning ettinchi raketkasi Kasper Ruud ham Franciya Ochiq chempionati bosh sovrini uchun kurashni davom ettirmoqda.
Norvegiyalik tennischi uchinchi bosqichda ATP reytingida 29-o'rinni egallab turgan argentinalik Tomas Martin Etcheverrini to'rt set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 1/6, 6/2, 6/2. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 3:0 ko'rinishiga keldi.
Ikki soatu 49 daqiqalik bahsda Ruud 5, Etcheverri 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Tomasda ko'proq bo'ldi - 6 ga 5. Breyklar bo'yicha ustunlik Kasperda - 8 ga 6 ko'rinishida. Endi Ruud nimchorak finalda amerikalik Teylor Fritcga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar