21 fev 17:49
Yangiliklar
Futbol
Kazemiro Lionel Messining jamoadoshiga aylanishi mumkin
Braziliyalik 33 yoshli yarim himoyachi Kazemiro faoliyatini MLSning "Inter Mayami" klubida davom ettirishga yaqin turibdi.
Yarim himoyachi uchun yana bir davogar — Kazemiro faoliyatini boshlagan Braziliyaning "San-Paulu" klubi. "San-Paulu" futbolchiga faoliyatini yakunlagach, klub tuzilmasiga kirish imkoniyati bilan 2 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. SHu bilan birga, Kazemiro "Inter Mayami" variantini ko'rib chiqmoqda va allaqachon Floridada bo'lgan.
Kazemironing "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi. Joriy mavsumda braziliyalik mankunianliklar safida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Havola :
Fikrlar