11 may 14:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Kecha faoliyatini yakunlashni elon qilgan Sexudo UFCga taklif bilan chiqdi
O'ta engil vazn toifasida UFC chempioni Genri Sexudo kamar uchun davogarlar haqida gapirdi.
"UFCning o'rnida bo'lganimda to'rt nafar ishtirokchi o'rtasida turnir tashkil etardim. Masalan Pyotr Yan, Aldjameyn Sterling, Kori Sendxagen va yana balki Aldu yoki Marlon. Buni UFC hal qilsin. Bu yigitlar kamar uchun ayovsiz kurash olib borishadi deb o'ylayman", - dedi Sexudo.
Eslatib o'tamiz, Sexudo kecha o'tkazilgan UFC turnirida Dominik Kruzni mag'lubiyatga uchratib, kamarini himoya qildi. Ushbu jangdan so'ng sportchi faoliyatini yakunlashini elon qildi. U mazkur qarorini hayotini oilasiga bag'ishlashni istayotgani bilan izohladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar