05 mar 09:08
Yangiliklar
Tennis
Keti Bulter San-Diego turniri chempioni
AQSHning San-Diego shahrida tennis bo'yicha WTA turniri yakunlandi.
Finalga qadar dunyoning 49-raketkasi bo'lib kelgan Keti Bulter ushbu musobaqa bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Britaniyalik tennis malikasi hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida 34-pog'onada borgan ukrainalik Marta Kostyukni mag'lub etdi - 5/7, 6/2, 6/2.
Bu tennis malikalarining o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Ikkala tennischi ham yangilangan WTA reytingida ko'tarilishga erishdi. Ikki soatu 14 daqiqa davom etgan bahsda Bulter 2, Kostyuk 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. San-Diegodagi muvaffaqiyatli ishtirok Bulterga 500 reyting ochkosi hamda 142,000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini taqdim etdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar