09 avg 15:05
Yangiliklar
Boshqalar
Kibersport Olimpiada o'yinlari dasturiga kiritilishi mumkin
2024 yilgi Olimpiadani o'tkazish uchun nomzodini qo'ygan Parij qo'mitasi ariza rahbari Toni Estange kibersportni Olimpiada dasturiga kiritish haqida gapirdi.
"Bu masala haqida yaxshilab o'ylab ko'rishimiz kerak. Biz bu haqida "buni bizga aloqasi yo'q" deya olmaymiz. Yoshlar kibersportga qiziqadi. Keling, bu masalani ko'taramiz. Kibersport vakillari bilan gaplashib ko'ramiz.
Menimcha kibersport oilasi uchun XOQ bilan ishlash qiziq bo'ladi. Hali vaqt bor. Sentyabr oyida XOQning kongressidan so'ng kerakli odamlar bilan uchrashamiz. So'nggi so'zni Xalqaro Olimpiya qo'mitasi aytadi", - deydi Estange.
Sentyabr oyida katta ehtimol bilan Parij Olimpiada-2024 mezboniga aylanadi.
Havola :
Manba : The Washington Post
Fikrlar