22 may 16:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Kit Turman: Pakyao o'qib bo'lingan kitob
Yarim o'rta vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni 30 yoshli Kit Turman 20 iyul kuni sakkiz vazn chempioni 40 yoshli Menni Pakyaoga qarshi ringga ko'tariladi.
Ikki jahon chempionlari o'rtasidagi jang AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
"Menni Pakyaoni mag'lub etsa bo'ladi. U avval ham yutqazgan. Lekin tan olaman, Pakyao - afsona! Muxlislar uni juda hurmat qiladi. Ammo, filippinlik o'qib bo'lingan kitob. Uning taktikasi hammaga ayon. Menni hali faoliyatida mendek kuchli va jiddiy raqib bilan to'qnash kelmagan", - dedi Turman.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar