11 avg 13:41
Yangiliklar
Tennis
Kitcbyueldagi turnir sovrin jamg'armasi 200 000 evroga qisqartirildi
Avstriyaning Kitcbyuel shahrida o'tkaziladigan turnir tashkilotchilari bu yilgi musobaqa sovrin jamg'armasi 200 ming evroga kamaytirilishini malum qilishdi.
Generali Open turnirining 8-13 sentyabr kunlari oralig'ida o'tkazilishi rejalashtirilgan. O'tgan yili turnirning umumiy sovrin jamg'armasi 524 000 evro edi. Bu yil esa 325 000 evro bo'ladi.
Malumot uchun, bu yilgi chempion 24,880 evroga ega bo'ladi. O'tgan yilgi g'olib esa 90,390 evrolik chekni qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar