14 iyu 12:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko "Forbes" muqovasidan joy oldi
Professional boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko nufuzli "Forbes" jurnalining Germaniyada chop etiladigan talqinining muqovasidan o'rin oldi.
Afsonaviy bokschi buni Instagramdagi sahifasiga joylashtirdi va tahririyatga minnatdorchilik bildirdi.
"Hayot - chempionlik uchun kurashga o'xshaydi. Men esa hozir huddi 7-raunda yuribman, oldinda yana 5 ta raund bor. Mening ikkinchi faoliyatimni qo'llab-quvvatlayotgan Forbes Dach tahririyatiga minnatdorchilik bildiraman.
Bu yo'lda meni qo'llab-quvvatlayotgan barchaga rahmat aytaman", - deb yozgan Klichko.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar