21 may 09:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko: Karantin yakunlanayotgani koronavirus tugayotganini bildirmaydi
Ukrainalik bokschi Vladimir Klichko mamlakatidagi koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.
"Golf maydoniga chiqqanimda yuragim tez-tez ura boshladi. Balki bu endi men uchun har doimgidan ham qadrliroqdir.
O'zimga savol beraman: Biz koronavirusdan so'ng ham eski odatlarimizga qaytamizmi? Etibor, g'amxo'rlik, oliyjanoblik va raqamli texnologiya rivoji davom etarmikin?
Baribir virtual hayot barcha narsani o'zgartira olmaydi. Masalan, mening golf o'yinimni. Karantin tugayotgani pandemiya tugaganini bildirmaydi, biz buni tushunamiz", - dedi Klichko.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar