So’nggi yangiliklar

18:56Диёра Келдиёрова Словенияда машғулотларга киришди + ФОТО 0 18:28ОФК хулосаси: Ўзбекистон ЖЧда қандай ўйнади? 0 18:01Тарихий ютуқ: Жаҳон чемпионатида икки нафар ўзбекистонлик чавандоз иштирок этади 0 17:24Лайма Владсон Лейпцигдаги турнирнинг асосий тўрига йўл олди 0 16:50UFC рейтинги янгиланди. Нурсултон Рўзибоев ва Богдан Гусковнинг ўринларида ўзгариш рўй берди 0 16:19Винисиус “Арсенал” билан боғлиқ миш-мишлар фонида “Реал” қароргоҳига етиб келди 0 15:53Тошкент IBSA World Games 2027 комплекс мусобақасига мезбонлик қилади 0 15:22Рамазон Темиров қатнашиши кутилаётган турнирнинг асосий баҳси Забит иштирокида кечади + ПОСТЕР 0 14:57"Худди уни кимдир назорат қилаётгандек". Махачев Иан Гаррини танқид қилди 0 14:31100 миллион камми? “Ливерпуль” Франция терма жамоаси аъзоси учун курашмоқда 0 14:06Ислам Махачев бокс қоидалари бўйича жанг ўтказиш таклифига жавоб қайтарди 0 13:24Жошуа — Фьюри жанги Буюк Британияда эмас, бошқа жойда ўтказилиши мумкин 0 12:45"Кимдир ёлғон хабар тарқатибди" - Ислам Махачев 0 12:00"Декабргача ҳали вақт бор". Неймар фаолиятини якунлаши ҳақида фикр билдирди 0 11:29Рой Жонснинг шогирди Бектемир Мелиқўзиевни яна жангга чорлади 0

09 fev 13:38
Yangiliklar

Qishki sport turlari, Intervyular

Komiljon To'xtaev Olimpiadaning ochilish marosimi, medal uchun oz ish qilingani va raqobat haqida

Teglar :  Komiljon To'xtaev
Xabaringiz bor, Pekinda bo'lib o'tayotgan Qishki olimpiadada vatanimiz sharafini Komiljon To'xtaev himoya qilmoqda.

U o'z ishtirokini 13 fevral sanasida gigant slalomda boshlaydi. Muhbirimiz sportchi bilan suhbat uyushtirishga muvaffaq bo'ldi.


- Komiljon, ochilish marosimidan olgan taassurotlaringiz bilan o'rtoqlasha olasizmi?

- Marosim juda yaxshi o'tdi. Taassurotlar yuqori darajada. Men uchun eng sharaflisi, yurtimiz bayrog'ini olib o'tganim bo'ldi. Yana bundan tashqari, ochilish marosimida prezident SHavkat Mirziyoev ham qatnashdi. Stadionga chiqqanimda juda hayajonlandim, bayrog'imizga uzoq tikilib turdim. Bayroq chalkashib ketishi mumkinligidan havotirda edim. Hammasi tugagach, masuliyat yuki tushdi va marosimdan zavq oldim.

- Siz uchun bu ikkinchi Olimpiada. Pxyonchxan va Pekindagi tashkilotchilik o'rtasidagi farq nimada?

- Bu erda ancha qulayroq. Biz hozir Pekinda emas, uchga bo'lingan olimpiya shaharchasidamiz. Va bizning shaharchamiz musobaqalarimiz bo'lib o'tadigan tog'ning etagida joylashgan. Pxyonchxanda uncha uzoq bo'lmasada, chang'i xonamizga borish uchun avtobusga chiqishga majbur bo'lar edik. CHang'iga keladigan bo'lsak, bu borada Xitoyda qulayroq, menga bu yoqadi.

- Ushbu olimpiadada medal haqida gapirish qanchalik o'rinli?

- Men sizga shunday javob beraman: delegaciya bir nafar sportchi bilan kelganida, olimpiya medalini olish imkoniyati qanday bo'lishi mumkin? Qirq, ellik yoki yuz nafar sportchisi bor mamlakatlar bilan solishtirganda, albatta, bu mamlakatlarda medallar uchun imkoniyat ko'proq bo'ladi.


- Maqsadingiz barcha osiyolik sportchilardan yuqoriroq darajaga chiqish ekanligini aytdingiz. Biz yaqin kelajakda ushbu sport turi bo'yicha jahon etakchilari — avstriyaliklar va amerikaliklar bilan raqobatlasha olamizmi?

- Ayni vaqtda barcha osiyoliklarni yutish yaxshi natija bo'lardi. Yaponlar, koreyslar juda kuchli. Ular hozir qita etakchilari. Savol boshqacharoq: mamlakatimiz bu sport uchun mablag' ajratishga tayyormi? Ayni paytda xalqaro musobaqalar uchun har doim ham pul topa olmayapmiz. Ko'pincha men mashg'ulotlarga va turnirlarda qatnashishga o'z pulimni sarflayman. Men ko'p pulimni sarflab bo'ldim. Oilam yordam berdi. Hozircha haqiqat shundaki, chang'i sporti uchun mablag' ajratilmagan. Biz esa sportchilar bilan emas, balki davlatlar bilan raqobatlashamiz.

Kimdir so'rashi mumkin, Olimpiya medalining qiymati qancha? U juda qimmat. Ammo Olimpiada medali uchun etarli darajada ish qilmadik. Yaqinda bizga mashg'ulotlar o'tkazish uchun bir necha oyga pul berishdi. Bunday gap yo'q edi: "mana sizga bir yilga pul. Olimpiadaga tayyorgarlik ko'ring va mashg'ulot o'tkazing". Yana bir narsa borki, dunyoda hech qanday pul bilan, hatto bir yillik tayyorgarlik bilan ham Olimpiada medalini qo'lga kiritib bo'lmaydi. Bu kulguli. Va endi avstriyaliklar va amerikaliklar bilan raqobatlashish haqidagi masalaga o'rin yo'q. 

Ayni paytda menda tayyorgarlik bazasi bor. Men ham italiyaliklar bilan ikki yillik mashg'ulotlar davomida o'sdim. Agar kovid bo'lmaganda, albatta, mashg'ulotlar darajasi umuman boshqacha bo'lar edi. Italiyaliklar bilan bir mavsum shug'ullandim, ikkinchisida esa Evropaga bora olmadim. Va men 1,5 yil davomida to'liq tayyorgarlik ko'rmaganman. Biz esa etakchilar bilan raqobatlasha olamiz. Biz bir joyda turishimiz shart emas va balki biz etakchilar bilan raqobatlasha oladigan orzular jamoasini yaratishimiz mumkin. Ammo bu shunday savolki, siz darhol javob bera olmaysiz.


- Olimpiadaga Italiyada tayyorgarlik ko'rgan edingiz. Ayni paytda yurtimizda tayyorlanish uchun sharoit bormi?

- SHaroitlarimiz bilan Olimpiada medallari uchun jahon miqyosida kurasha olmaymiz. Uyda jismoniy bazani yaxshi tayyorlay olamiz. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ishlash uchun sharoitlar mavjud. Yozgi o'yinlarda yaxshi sportchilarimiz bor, ularning mashg'ulotlar bazasida jismoniy tomonlama tayyorlana olamiz.


Evdokim Raimov suhbatlashdi

Diyor Mavlonov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

   
09 fev 18:06:56
Vista 1981
Omadini bersin Komiljonni
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing