So’nggi yangiliklar

15:10Рамазон Темировнинг жангдан кейинги фикрлари қандай бўлди? 0 14:01Парижда кураш бўйича Президент соврини учун мусобақа ўтказилди 0 13:07Махлуқ ролидаги Шоҳжаҳон Эргашев, тепкиланган Одилхон ва бошқалар. Тошкентдаги проф бокс оқшомидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:19Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 01:00Ўзбекистонлик жангчилар иштирокидаги Octagon 89 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:31UFC Abu-Dhabi турнирининг бонус эгалари эълон қилинди. Рамазон Темиров рўйхатда борми? 0 00:23Кутганмидингиз?! Шоҳжаҳон Эргашевнинг Марк Урвановга қарши жанги биринчи раунддаёқ ниҳоясига етди 0 00:00Гусков Анкалаевга, Темиров эса Эрцегга қарши жанг қилди! UFC Abu-Dhabi турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:54UFC ABU-DHABI. БОГДАН ГУСКОВНИНГ МАГОМЕД АНКАЛАЕВГА ҚАРШИ МАРКАЗИЙ ЖАНГИ БЕШИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 23:01РАМАЗОН ТЕМИРОВ ИШТИРОКИДАГИ CO MAIN EVENT ЖАНГИ БИРИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 22:41Ислам Махачевнинг спарринг шериги UFC'да дебют қилди 0 22:08UFC Абу-Даби. Ризван Куниев америкалик рақибини аямади 0 21:40Узоқ кутилган Абубакар Вагаев — Сайгид Изагахмаев жанги тўлиқ давом этди 0 20:56Гусковнинг дўсти Вальтер Уокер Абу-Дабида октагонга кўтарилди 0 20:49Ҳумоюн Тўхтамуродовнинг 44 яшар бразилиялик рақибга қарши жанги бир дақиқадан кўпроқ давом этди 0

07 noy 19:41
Yangiliklar

Dzyudo

VI Islom Birdamligi o'yinlarining dzyudo musobaqasiga qura tashlandi

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Islom Birdamligi o'yinlari davom etmoqda.

Biroz avval ushbu kopmleks musobaqa dasturidan o'rin olgan dzyudo bahslariga qura tashlash marosimi o'tkazildi. 8-10 noyabr kunlari yakkalik bahslarida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. Unda O'zbekiston terma jamoasining 12 nafar dzyudochisi ham medallar yo'lida tatamiga chiqadi. 

Ertaga musobaqaning ilk kungi saralash bellashuvlari bizning vaqt bilan soat 09:00da boshlanadi. Dzyudo musobaqasida 3 qitaning 32 davlati vakillari bahslarga kirishadi.   

Dzyudochilarimiz uchun qura natijalari: 

-66 kg: Zamohshari Bekmurodov – Zeyd Raychin (Jibuti) 

-73 kg: SHahram Ahadov – Abdulloh Hammad (Saudiya Arabistoni)

-90 kg: SHahzod SHaripov – Muhammadjon Abduljalilzoda (Tojikiston)/Ahmed Elageb (Sudan)

+100 kg: Muzaffarbek To'raboev – Ushangi Kokauri (Ozarbayjon)

+100 kg: Alisher Yusupov – Minur Ertug (Turkiya)


AYOLLAR

-48 kg: Laziza Haydarova – Sila Ersin (Turkiya)

-52 kg: Muhayyo Axmatova – Selin Baba (Kamerun)/Zalika Hassan (Niger)

-57 kg: SHukurjon Aminova – Sondos Alsharif (Saudiya Arabistoni)/Erisa Brahimay (Albaniya) 

-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva – Fabiha Busra (Bangladesh)/Mirzaiym Duyshonbekova (Qirg'iz Respublikasi)

-78 kg: Marjona Ko'chimova – Akmarjan Turdajieva (Qirg'iz Respublikasi)

+78 kg: Umida Nig'matova – Anita Mbella Soppi (Kamerun)

+78 kg: Irisxon Qurbonboeva – Safa Soliman (Misr)


Malumot uchun, uch yil avval Turkiyaning Konya shahrida o'tkazilgan V Islom Birdamligi o'yinlarida dzyudochilarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza, jami 13 ta medal bilan dunyoning 56 ishtirokchi davlati orasida umumjamoa hisobida 1-o'rinni egallagan edi. Bu bilan dzyudo terma jamoamiz O'zbekiston sport delegaciyasining yakunda ikkinchi o'rinni band etishiga katta xissa qo'shgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing