01 noy 13:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Humoyun To'xtamurodov va Bobur Abdulazizov keyingi jangini Toshkentda o'tkazadi
Malum bo'lishicha, 14 dekabr kuni Toshkentdagi "Humo arena" majmuasida MMA bo'yicha xalqaro turnir o'tkaziladi.
Turnrida o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustalari — Humoyun To'xtamurodov va Bobur Abdulazizov oktagonga ko'tariladi.
Bu haqda sportchilar o'zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar bergan. Hozircha 14 dekabr kuni To'xtamurodov va Abdulazizovga kimlar raqib bo'lishi aytilmagan.
26 yoshli Humoyun To'xtamurodov faoliyati davomida hozirgacha 18 ta jang o'tkazib, 13 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan. Bobur Abdulazizov hisobida esa 21 ta g'alaba va 11 ta mag'lubiyat mavjud.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar