07 noy 15:23
Yangiliklar
Boks/MMA
"Bu buyuk jang bo'ladi" SHevchenko Xarrisonning chorloviga javob berdi
O'ta engil vazn (57 kg gacha) toifasida UFC chempioni Valentina SHevchenko engil vaznda (61 kg gacha) chempioni amerikalik Kayla Xarrisonning Death Row MMA podkastidagi chaqiruviga izoh berdi.
Qirg'izistonlik aralash yakkakurash ustasi bu jangga tayyor ekanini malum qildi.
"U Amanda Nunezni chaqirgan, Ronda Rouzini chorlagan, ammo uchalasidan faqat bittasi jangchi bo'lib qolmoqda. SHubhasiz, bu buyuk jang bo'ladi", - dedi SHevchenko X ijtimoiy tarmog'idagi MMA Junkie akkauntida elon qilingan videoda.
Eslatib o'tamiz, 15 noyabr kuni Nyu-York shahrida bo'lib o'tadigan UFC 322 turnirida Valentina SHevchenko xitoylik Veyli CHjanga qarshi kechadigan jangda chempionlik kamarini himoya qiladi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar