02 okt 13:26
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/20211_220.jpg)
Konor MakGregor: "Floydga qarshi jangda referi menga qarshi edi"
Ikki vazn toifasida UFC chempioni Konor MakGregorning aytishicha, referi Robert Berd Floyd Meyvezerga qarshi jang vaqtida raqibga yonbosgan.
"Robert Berd - Adelaida Berdning eri. SHuning o'zi ko'p narsani bildiradi. Biz Floyd bilan jang oldidan qarama-qarshi turganimizda u qoidalarni tushuntirayotgandi. SHunda u faqat menga qaragandi. Floydga qaramagandi. Men o'shanda shunday gaplarni aytishni istagandim: "U ham jang qilyapti, "bratan". Unga ham qoidalarni eslatib qo'ying".
Bz klinchga kirganimizda u meni itarib yuborardi. Men ikkimiz bir xil sharoitda emasligimizni tushunib turgandim. Fikrimcha, jang ham erta tugatilgan. Nokdaun bo'lmasdan turib, qanday qilib jangni erta tugatish mumkin? Sen jangni davom ettirishga ruhsat berishing lozim edi", - deydi MakGregor.
Havola :
Manba : Mmafighting
Fikrlar