01 okt 13:50
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/20129_220.jpg)
Konor Makgregor: “Revansh jangida Meyvezerni aniq mag'lub etaman”
Aralash qoidalar bo'yicha engil vazn toifasida UFC chempioni Konor Makgregor amerikalik engilmas bokschi Floyd Meyvezer bilan boks qoidalari asosida o'tgan jangini esga oldi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan o'sha jangda Floyd Konorni texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgandi. Irlandiyalik sportchi xatolardan to'g'ri xulosa chiqarib olgani va revansh jangi o'tkazilsa, albatta raqibini mag'lubiyatga uchratishini aytdi.
“Ishonchim komil, agar
yana bir bor u bilan boks ringida to'qnash
kelsak, men Floydni mag'lubiyatga uchrata olaman. Men hozir shuni xis qilyapman.
Birinchi jangdan o'zimga tegishli xulosalarni chiqardim. Lekin endi uni ringga
chorlamoqchi emasman. Balki, o'zi chaqirar”, - dedi Makgregor.
Havola :
Fikrlar