12 may 10:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Nurmagomedovga urush ochdi: "Xabib, sen berkinib yuradigan kalamushsan"
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor yana bir bor rossiyalik jahon chempionining manziliga nomaqbul so'zlarni yo'lladi.
"Xabib, sen sharmandasan. Berkinib, qochib yuradigan kalamushsan. Odatdagi ishingni yana boshlading. Bu haqida avval ham ko'p gapirganman. Bu safargi harakating bilan sen avvalgi ishlaringni ochiqcha bildirib qo'yding. SHunchaki izohsiz", - deya "Tvitter" sahifasida haqoratomuz post qoldirgan Makgregor.
Eslatib o'tamiz, irlandiyalik so'nggi jangini shu yilning yanvar oyida qariya Donald Serronega qarshi o'tkazib, uni bir necha soniya ichida nokautga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar
Konor Makgregor bilan Xabib Nurmagomedovni revanj jangi bulishi kerak edi.
Shunda bu gaplarga chek quyilar edi deb uylayman.
Bu sport kim kuchli bulsa usha chempion!