29 may 13:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Xabib – Jastin jangi g'olibi bilan to'qnash keladi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor yana chempionlik kamariga ega chiqishi mumkin.
Irlandiyalik sportchi Xabib Nurmagomedov – Jastin Getji jangi g'olibiga qarshi oktagonga ko'tariladi deb xabar bermoqda ESPN. Getji Toni Fergyusonni mag'lub etish orqali Xabibning chempionlik kamariga rasmiy davogarga aylangan edi.
Katta ehtimol bilan Xabib Nurmagomedov chempionlik kamarini sentyabr oyida Jastin Getjidan himoya qiladi. Nurmagomedov 2018 yilning oktyabr oyida Makgregorni mag'lub etishning uddasidan chiqqan edi. 31 yoshli Konor so'nggi jangini yarim o'rta vaznda o'tkazib, Donald Serroneni bir necha soniya ichida nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar