12 may 11:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Xabibning oyoqlaring kerak emasmi degan "post"iga surat bilan javob qaytardi + FOTO
Konor Makgregor va Xabib Nurmagomedov o'rtasida "gap urishi" boshlangan edi.
Rossiyalik jahon chempioni irlandiyalikka oyoqlaring kerak bo'lmay qoldimi deb murojaat qilgandi. Konor bunga javoban dog'istonlikning do'stlari bilan hammomda tushgan suratini "Tvitter"ga joyladi, ammo yarim soatdan keyin o'chirib tashladi.
"Ha, oyoqlarni quchoqlash. Bir guruh erkaklar bilan oyoqlarni bir-biriga tekkazib, hammomda cho'milish. Jin ursin, buni qanday tushunish kerak. Hammomda faqat erkaklar. Mamlakat bunga qanday qaraydi", - deya surat ostiga izoh ham yozib qoldirgandi Makgregor.
Post qo'yilgandan yarim soat o'tib, Konor uni "Tvitter"dan o'chirdi va o'rniga boshqa gap yozib qo'ydi: "Iyul oyida ko'rishamiz".
Havola :
Fikrlar