02 may 08:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Konorning so'nggi raqibi bir haftada uchta jangda oktagonga chiqadi
UFC jangchisi Donald Serrone 9, 13 va 16 may kunlari oktagonga chiqish istagi borligini malum qildi.
“9 may kuni Entoni Pettisga qarshi jangimdan so'ng, Dana Uaytdan tezlik bilan menga yana raqib topishini so'rayman. Men Floridada qolishni istayman, bu erda har uchchala musobaqada ishtirok etish niyatidaman. Bir haftada uchta jangda ishtirok etgan ilk sportchiga aylanmoqchiman”, - dedi Serrone.
Eslatib o'tamiz, Serrone navbatdagi jangida Entoni Pettisga qarshi oktagonga ko'tariladi. Undan avvalgi jangini esa Konor Makgregorga qarshi o'tkazib, birinchi raunddayoq mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar