11 may 11:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Konstantin Korotkov xotira turniri. Abrorjon Qodirov shimoliy koreyalik raqibga qarshi jang qildi
Rossiya Federaciyasining Xabarovsk shahrida boks bo'yicha Sovet Ittifoqi qahramoni Konstantin Korotkov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir davom etmoqda.
Bugun musobaqada yarim final janglari o'tkazilmoqda. Unda 4 nafar hamyurtimiz ringga ko'tariladi.
Biroz avval, -52 kg vazn toifasida jang yakunlandi. Mazkur vazn toifasida Abrorjon Qodirov shimoliy koreyalik Kim Jang Ryongga qarshi jang qildi. Bokschimiz jangni birinchi raqam ostida o'tkazdi va yaxshigina tashabbusga ega bo'ldi. Yakunda bokschimiz hakamlar qaroriga ko'ra bir ovozdan g'olib bo'ldi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar