14 may 12:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Ko'rarga ko'zi, otishga o'qi yo'q Konor Xabibni qo'llab-quvvatladi
Ikki vaznda UFC chempioni Konor Makgregor amaldagi jahon chempioni Xabib Nurmagomedovni komaga tushib qolgan otasi Abdulmanap holati sabab qo'llab-quvvatladi.
"Men Abdulmanap Nurmagomedovning sog'ayib ketishi uchun duo qilaman. Bu inson biz tasavvur qilgandan ham ko'ra ko'proq jahon chempionlarini etishtirib chiqargan. Aralash jang sanatlarining haqiqiy bilimdoni. Uning komaga tushib qolganini eshitib, rosti juda qayg'uga tushdim. Nurmagomedovlar oilasi uchun duodaman", - deya "Tvitter" saxifasida xabar qoldirgan Konor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar