11 mar 17:59
Yangiliklar
Tennis
Koronavirus sabab Gvadalaxardagi turnir ishtirokchilari soni oshiriladi
Indian-Uells turnirining bekor qilinishi Gvadalaxaradagi musobaqaga o'z tasirini o'tkazdi.
Indian-Uells turniri koronavirus sabab nomalum muddatga ko'chirilgan edi. Buning natijasida kelasi hafta Gvadalaxara shahrida start oladigan WTA 125k turnirining asosiy to'r ishtirokchilari soni 64 nafarga etkaziladi.
Saralash bahslarida esa sakkiz tennischi ishtirok etadi. Asosiy to'rda TOP-50 reytingidan joy olgan tennischilardan ko'pi bilan 10 nafar tennischi qatnashishi mumkin. Ulardan olti nafari to'g'ridan-to'g'ri, qolgani esa wild card, yani imtiyozli yo'llanma asosida asosiy to'rga qo'yiladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar