12 iyu 18:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Kostya Czyu Xabibning zaif jihatlari haqida gapirdi
Boks bo'yicha birinchi yarim o'rta vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Kostya Czyu UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning zaif jihatlariga to'xtalib o'tdi.
Czyuning so'zlariga qaraganda, Nurmagomedov jang olib borayotgan paytda qo'llarini tushirib yuboradi. U qo'llarini ko'tarib, himoyani ushlagan holda zarba texnikasi ustida ishlashi lozim.
"Xabibning mahoratiga shubha yo'q. Men uni hurmat qilaman. Uning janglari tarixga muhrlanyapti. Faqat unga tavsiyam jangda qo'llarini ko'tarib harakat qilsin, himoyani unutmasin. Keyin zarba texnikasi ustida ham ishlasin. SHunda hammasi yaxshi bo'ladi", - dedi Czyu.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar