07 may 11:20
Yangiliklar

Kovalyov vs Yard: Jang sanasi va manzili tasdiqlandi
U shu kuni o'z kamariga rasmiy davogar Entoni Yardga qarshi ringga ko'tariladi. CHempionlik jangi Kovalyovning vatani Rossiyada o'tkazilishi rasman malum qilindi.
Eslatib o'tamiz, Kovalyov va Yard jamoalari o'rtasidagi muzokaralar bir oy oldin boshlangan edi. Britaniyalik bokschining menejeri Tunde Adjai avvaliga bunga rozi bo'lmagandi. Keyinchalik chempionning menejerlari Tundeni jangning Rossiya hududida o'tkazilishiga ko'ndirishdi.
Etiborlisi, Sergey Kovalyov hali o'zi tug'ilib o'sgan CHelyabinsk shahrida jang o'tkazmagan. Hozircha jangning Rossiyaning aynan qaysi shahrida o'tkazilishi malum emas. U shu yilning fevral oyida kolumbiyalik Eleyder Alvaresni revansh jangida mag'lub etib, kamarini qaytarib olgan edi.
Fikrlar