So’nggi yangiliklar

13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0

12 apr 07:22
Yangiliklar

Boshqalar

Kriket. “Anfa” jamoasi birinchi bo'ldi + FOTO

Teglar :  Kriket
Ommaviyligi jihatdan jahonda futboldan keyingi o'rinda turadigan kriket sport turi mamlakatimizda hali yangi sport turlaridan sanaladi.

2019 yilda tashkil etilgan mazkur sport turi bo'yicha hozirda turli yoshdagi kriket jamoalari tashkil etilib, shakllantirilib borilmoqda.

Aholini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga, xususan, ushbu sport turiga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, kriketni mamlakatimizda rivojlantirish, shuningdek, jamoalarni mamlakat miqyosida o'tadigan musobaqalarga munosib tayyorlab borish, iqtidorli kriketchilarni terma jamoaga saralash singari maqsadlarni ko'zlagan O'zbekiston krekit federaciyasi tomonidan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti stadionida “Anfa Triangular Series” nomli musobaqasi bo'lib o'tdi.

To'rt kun davom etgan mazkur musobaqada Toshkent shahrining“Anfa”, Qashqadaryoning “Barlos” hamda Samarqand viloyatining “Afrosiyob” jamoalari o'zaro kuch sinashishdi.

Musobaqa reglamentiga muvofiq, jamoalar o'rtasida o'yinlar har kuni ikki bo'limdan iborat tarzda tashkil etildi. Bellashuvlarning so'nggi kunida finalda “Anfa” va “Barlos” jamoalari kuch sinashishdi. Raqib jamoasidan ustun kelgan “Anfa” jamoasi eng ko'p ochko to'plab, musobaqa g'olibligini qo'lga kiritdi.

Biz esa musobaqani yoritish jarayonida kriket bo'yicha bellashuvlarni tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyurgan afg'onistonlik mehmon, Afg'onistonda kriket sport turini keng ommalashishida va xalqaro darajada rivojlanishida hissa qo'shgan doktor Noor Murad hamda “Afrasiyob” klubi azosi hindistonlik Tabriz Muhammad Alamdan kriket xususidagi fikrlari bilan qiziqdik.

Doktor Noor MUROD (Afg'oniston): 

- Afg'oniston Xalqaro Kriket Kengashiua to'laqonli azolikka ega va kriket bo'yicha dunyoning eng yaxshi 12 ta  mamlakatlar qatoridan joy olgan. Bu mamlakat uchun katta sharafdir. Ammo bu sharafga erishish uchun Afg'oniston uzoq safarni boshidan o'tkazdi. SHunday qilib, u asta-sekin rivojlanmoqda. Siz Afg'oniston kriketchilarining nomlarini eshitgan bo'lishingiz mumkin, shuningdek, ular IPL, PSL kabi xorijiy ligalarda ishtirok etishadi. Kriketning O'zbekistondagi vaziyati haqida gap ketganda, menimcha, hozirgi holat yaxshi. Eng asosiysi esa bu Aziz Mixliev rahbarligida O'zbekiston kriketi to'g'ri yo'lda ketyapti, ko'pchilik o'yinchilar rag'batlantirilyapti, ular kriket bilan har kuni shug'ullanishmoqda, ayniqsa, O'zbekiston kriketiga boshqa mamlakat vakillarining qiziqishlari oshmoqda. O'zbekistonning turli hududlarida ham yaxshi natijalarga erishildi, qisqa vaqt ichida juda ko'p yutuqlarni qo'lga kiritishdi, shu qatorda mahalliy turnirlarni ham o'tkazib kelmoqda. Afg'oniston va O'zbekiston o'rtasida hamkorlik salohiyatining ko'pligi kishini quvontiradi. Menimcha, kriket madaniy aloqalar uchun juda yaxshi poydevor bo'la oladi. Men ishonamanki, Afg'oniston kriket kengashi o'zlarining qardosh mamlakati O'zbekistonda kriket bo'yicha texnik ko'mak ko'rsatishni juda istashadi.

Muhammad TABRIZ ALAM, «Afrosiyob” jamoasi azosi: 

- Men Hindistondanman va so'nggi uch yildan beri shu erda ishlayman. Ushbu mamlakatda kriketning rivojlantirish bo'yicha katta ishlar amalga oshirmoqda. Umid qilamanki, kelgusi yillarda ushbu mamlakatda kriket sport turi ommalishib, ko'pchilikning sevimli sport turiga aylandi. Men neft-gaz bo'yicha muhandisiman, lekin ishimdan tashqari bo'sh paytlarimda kriket bilan ham shug'ullanaman. Hozir men "Afrosiyob" jamoasida o'ynayapman va uchburchak kriket turniridan so'ng avgust oyida bo'lib o'tishi kutilayotgan O'zbekiston oliy ligasi o'yinlarini o'tkazish rejasi bor. Ushbu o'rtoqlik darajasidagi musobaqa ham avgustda o'tadigan liga o'yinlari olididan tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Bu katta voqea bo'ladi. Umid qilamanki, ushbu tadbir O'zbekiston kriketini yurtingizda va dunyoda tanilishiga yordam beradi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing