So’nggi yangiliklar

22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0 16:41Усман Нурмагомедов расман эркин агентга айланди 0 16:03UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 15:28Шон Брэди марказий жангдан ечилди 0 14:51Баҳодир Аҳмедов - Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи! 0

15 sen 10:01
Yangiliklar

Boshqalar

Kriket bo'yicha "Mustaqillik Kubogi": "ANFA" chempion!

Yozgi Olimpiya o'yinlari dasturidan o'rin olgan kriket mamlakatimizda jadal rivojlanayotgan sport turlaridan biri hisoblanadi.

O'zbekiston Kriket federaciyasi tomonidan mazkur sport turini ommalashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yoshlar o'rtasida kriketga qiziqishni oshirish hamda iqtidorli sportchilarni erta aniqlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, yoshlar o'rtasida kriketni keng targ'ib qilish, istedodli sportchilarni saralab olish va ularni klublar hamda milliy terma jamoalar tarkibiga jalb etishga alohida etibor qaratilmoqda.

Ana shunday say-harakatlar samarasi o'laroq, Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan "ANFA" xalqaro kriket stadionida O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan klublar o'rtasida "Mustaqillik kubogi" turniri tashkil etildi.

Turnirda ishtirok etgan jamoalar kun davomida qizg'in va murosasiz bellashuvlarda o'zaro kuch sinashdi. Musobaqaning hal qiluvchi bahsida Toshkent shahrining "ANFA" hamda "O‘zbekiston Stars" jamoalari finalda maydonga tushdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, raqibidan ustun kelgan "ANFA" jamoasi musobaqada birinchi o'rinni egallab, "Mustaqillik kubogi" sohibi bo'ldi.

Turnir doirasida musobaqaning tantanali ochilish marosimi hamda g'olib va sovrindorlarni taqdirlash tadbiri ham tashkil etildi. Unda O'zbekiston Kriket federaciyasi raisi Aziz Mixliev ishtirok etib, musobaqa ishtirokchilarini qutladi va kriket sport turini mamlakatimizda yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr bildirdi.

"Mustaqillik kubogi" turniri nafaqat klublar o'rtasidagi raqobatni kuchaytirish, balki yosh va iqtidorli kriketchilarni qo'llab-quvvatlash, ularning sport mahoratini oshirish hamda mamlakatimizda kriketning ommaviyligini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo'ldi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing