So’nggi yangiliklar

11:13Мелиқўзиев WBА чемпионлик камари жанги учун ўз гонораридан ҳам воз кечмоқчи 0 10:45Криштиану Роналду ўзи билан боғлиқ шов-шувли вазият бўйича барчасини айтиб берди 0 10:19UFC Fight Night 290 турнирининг тўлиқ карди тасдиқланди 0 09:47Забит RAF лигаси билан шартнома имзолади. Илк рақиб, сана ва манзил маълум + ПОСТЕР 0 09:14Ўзбекистон крикет федерациясида янги тайинлов 0 08:38Мессининг хайрлашув ўйинида Аргентина йирик ҳисобда ғалаба қозонди + ВИДЕО 0 08:06Рамазон Темировнинг вазн рейтингида бир нечта ўзгариш бўлди 0 19:39Чимаев Стриклендга реванш учун 1 миллион доллар таклиф қилди 0 18:25Волкановски: "У билан жангда фаолиятимдаги энг яхши жисмоний ҳолатда бўламан" 0 17:51Ўртоқлик учрашувида Жанубий Кореяга мағлуб бўлдик 0 17:28Тайсон Фьюри Усик билан трилогия қачон бўлиши мумкинлигини айтди 0 16:42"Реал" "Борнмут" футболчиси учун курашга қўшилди 0 16:0550 ёшли Фёдор Емельяненко Фрэнсис Нганну билан жанг қилишни орзу қилишини айтди 0 15:22Тайсон Фьюри Дональд Трампни Энтони Жошуага қарши жангга таклиф қилмоқчи 0 14:44Шара Буллет Исраэль Адесаньяга қарши жанг қилиши мумкин — инсайдер 0

07 okt 09:14
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston kriket federaciyasida yangi tayinlov

Teglar :  O'zbekistonKriket
O'zbekiston kriket federaciyasi rahbariyati tarkibida yangi tayinlov amalga oshirildi.

Federaciya raisi Aziz Mixlievning qarori bilan falsafa fanlari doktori (DSc), professor Isomiddinov Yunusjon Yusubboevich O'zbekiston kriket federaciyasi vice-prezidenti lavozimiga tayinlandi.

Yangi tayinlangan vice-prezident ko'p yillik kasbiy faoliyati davomida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, davlat boshqaruvi organlari, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oliy talim, fan va innovaciyalar vazirligi tizimlarida faoliyat yuritib, davlat va jamoat boshqaruvi sohalarida salmoqli tajriba to'plagan.

Professor Yunusjon Isomiddinovning ilmiy-pedagogik faoliyati, boshqaruv sohasidagi tajribasi va turli tizimlardagi amaliy ko'nikmalari federaciyaning kelgusidagi faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.

Yangi rahbariyat azosining asosiy vazifalaridan biri mamlakatimizda kriket sportini yanada ommalashtirish, yoshlar va o'smirlarni ushbu sport turiga keng jalb etish, hududlarda kriket infratuzilmasini rivojlantirish hamda sportchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan tashabbuslarni qo'llab-quvvatlashdan iborat bo'ladi.

SHuningdek, O'zbekiston kriketining xalqaro sport maydonidagi ishtirokini kengaytirish, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash va milliy terma jamoalar salohiyatini oshirish yo'nalishlarida ham tizimli ishlar davom ettirilishi ko'zda tutilgan.

O'zbekiston kriket federaciyasi professor Yunusjon Isomiddinovni yangi lavozim bilan muborakbod etadi va unga masuliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Ushbu tayinlov federaciya faoliyatini yanada takomillashtirish, boshqaruv salohiyatini kuchaytirish va mamlakatimizda kriket sportini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

O'zbekiston kriket federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing