22 fev 16:25
Yangiliklar
Futbol
Krishtianu Ronaldu: "Saudiyada baxtliman, shu erda qolishni istayman"
"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 23-turidan o'rin olgan "Al Xazm"ga (4:0) qarshi o'yindan so'ng kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
"Men Saudiya Arabistonidaman. Bu erda yashashni davom ettirmoqchiman. Bu meni, shuningdek, oilam va do'stlarimni iliq kutib olgan mamlakat. Men baxtliman va shu erda qolishni istayman”, — dedi Ronaldu.
Avvalroq 41 yoshli portugaliyalik norozilik bildirgan holda jamoaning bir necha o'yinini o'tkazib yuborgandi. Xabar qilinishicha, Ronaldu Saudiya Arabistoni suveren fondi (PIF) tomonidan klubning boshqarilishidan norozi bo'lgan.
Ronaldu "Al Nassr" safida 2023 yilning yanvaridan buyon o'ynab kelmoqda. U bungacha "Manchester Yunayted”, "Yuventus”, "Real" va Lissabonning "Sporting" klublarida o'ynagan.

Havola :
Fikrlar