07 sen 14:58
Yangiliklar
Tennis
Kristina Kucova Praga "CHellenjer" g'olibasi
CHexiyaning Praga shahrida ayol tennischilar o'rtasidagi WTA "CHellenjer" turniri yakunlandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida 173-pog'onada borayotgan slovakiyalik Kristina Kucova dunyoning 144-raketkasi bo'lib turgan italiyalik Elizabetta Kochchiarettoga qarshi kortga chiqdi. Roppa-rosa 90 daqiqa davom etgan bahs yakunida Kucova raqibasini 6/4, 6/3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Har ikki tennischi ham o'zaro ilk rasmiy uchrashuvlarida bittadan eys zarbasini amalga oshirishdi. Pragadagi muvaffaqiyatli ishtiroki Kristinaga 48,000 dollar mukofot puli hamda 160 reyting ochkosini taqdim etdi. Kochchiarreto esa 43,000 dollar va 95 ochko ishlab oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar