15 avg 13:00
Yangiliklar
Og'ir atletika, Olimpiya o'yinlari
Kun tarixi: Ruslan Nurudinovning Olimpiada rekordiga 5 yil bo'ldi
Bundan roppa-rosa 5 yil muqaddam og'ir atletikachimiz Ruslan Nurudinov Rio-2016 Olimpiya o'yinlarida o'zbek sporti uchun tarixiy natija qayd etgan edi.
-105 kg vazn toifasida bahs olib borgan Nurudinov dast ko'tarishda 194 kg, siltab ko'tarishda esa 237 kg, ikki kurashda 431 kg natija bilan Olimpiya o'yinlarining oltin medaliga sazovor bo'lgan edi.
Qayd etish joiz, uning siltab ko'tarish mashqidagi natijasi Olimpiada rekordi sifatida qayd etilgan. O'shanda xuddi Tokioda bo'lgani kabi armanistonlik Simon Martirosyan kumush medal bilan qolib ketgan.
Rio-2016, og'ir atletika. Erkaklar, -105 kg:
1. Ruslan Nurudinov (O'zbekiston) – 431 (194+237) kg;
2. Simon Martirosyan (Armaniston) – 417 (190+227) kg;
3. Aleksandr Zaychikov (Qozog'iston) – 416 (193+223) kg.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar